"Bavariya" "Milan" taklifini qabul qilgani yo'q

26 iyul 2017, 23:52
"Milan" jamoasi o'z tarkibiga portugaliyalik iqtidor sohibi Renatu Sansheshni qo'shib olishni istamoqda.


Milanliklar "Bavariya"dan yarim himoyachi Renatu Sansheshni 10 million evro evaziga ijaraga, keyinchalik 40 million evroga sotib olish huquqi bilan olishmoqchi.
Ammo hozircha "Bavariya" bu taklifga rozi bo'lgani yo'q.
Renatu Sansheshning o'zi esa o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Milan"ga o'tishga rozi.

"Bavariya" yakunda qanday qarorga kelishi noma'lum.
Futbolchi uchun Italiyaning boshqa bir grand klubi "Yuventus" ham qiziqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports Italia