

Shu orqali Myunxen klubining YCHLdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 19 o'yinda to'xtadi. Jamoa 2019 yilning mart oyidan buyon YCHLda mag'lub bo'lmayotgandi.
Bu boradagi rekord "Manchester Yunayted"ga tegishli. Ser Aleks Fergyuson boshqargan jamoa 2007 yilning sentyabridan 2009 yilning apreliga qadar YCHLning ketma-ket 25 o'yinida mag'lub bo'lmagandi.
Shuningdek, "Ayaks" 1994 yilning sentyabridan 1996 yilning martiga qadar 19 o'yinda yutqazmagandi.




