"Bavariya" Kulibali bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
1 mar 2021, 11:18
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali faoliyatini Yevropa grandlaridan birida davom ettirishi mumkin.

29 yoshli afrikalik futbolchining xizmatlariga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda. Nemis grandi rahbariyati Kulibalining transferi uchun 45 million evro to'lashga tayyor.

Oldinroq "Napoli" Chempionlar Ligasiga yo'llanma ola bilmasa, Kulibalining klubdan ketishi aytilgan edi.

Himoyachi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb