"Bavariya" Koman uchun narx belgiladi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2021
"Bavariya" vingeri Kingsli Komanning kelajagi so'roq ostida qolmoqda.

Myunxen klubi bilan 2023 yili yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Tomonlarning maosh borasidagi fikrlari ikki xil ko'rinish olmoqda. Francuz kam maosh olayotganidan va 10-raqamni berishmayotganidan mamnun bo'lmayapti. Shu boisdan klub uni yozda 90 mln evroga sotib yuborishi mumkin.

25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum Bundesligada 29 o'yinda 5 gol va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal