"Bavariya" Koman bo'yicha 2ta taklifni rad etdi

Alisher
18 fev 2021, 16:05
"Bavariya" jamoa vingeri Kingsli Koman bo'yicha berilgan ikkita taklifni rad etdi.

"Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" futbolchi bilan yozda shartnoma imzolashmoqchi edi va myunxenliklarga bu borada taklif tayyorlashdi, ammo ular rad etildi.

"Bavariya" yaqin vaqtlarda Koman bilan xayrlashmoqchi emas.

24 yoshli vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild