"Bavariya" Kanseluning "Manchester Siti"ga o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin

Alisher
29 iyun 2019, 18:15
"Yuventus" himoyachisi Joau Kanselu APLga emas, Bundesligaga o'tishi mumkin.

"Yuventus" portugaliyalik futbolchisini 60 million evroga baholagan. Hozirgacha himoyachiga "Manchester Siti" bosh davogar edi. Ammo, Angliya chempioni bitimga turinliklarni umuman qiziqtirmayotgan Daniloni qo'shishmoqchi.

Shu bilan birga, "Bavariya" "shaharliklar" bilan bo'layotgan vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin. "Bavariya" kerakli pulni "jonli mahsulot"siz taklif qilmoqchi.

Raqobatchilar orasida MYU ham bor edi, biroq "qizil iblislar" Aaron Van-Bissaka uchun 50 million funt ishlatib bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato