

Germaniyalik yarim himoyachi Ariyon Ibragimovich "Bavariya" bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. Bu haqda "Bild" xabar bermoqda.
Kelishuv 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Takidlanishicha, 17 yoshli Ibragimovich bundan buyon "Bavariya" birinchi jamoasi a'zosi bo'ladi va asosiy jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazadi.
Ibragimovich joriy mavsum "Bavariya" U-19 safida barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golga pas uzatdi.



