"Bavariya" Hakimi bilan shartnoma imzolaydimi?

Alisher
13 yanv 2020, 15:44
"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi "Bavariya"ga o'tmaydi.

Marokash terma jamoasi o'yinchisi hozirda Dortmundning "Borussiya" jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.

Myunxenliklar Hakimi borasida taklif yubordi, ammo ularda Hakimi bilan shartnoma imzolashga deyarli imkon yo'q.

Sababi "Real" 21 yoshli himoyachini mavsum tugaganidan so'ng ortga qaytaradi.

Hakimi joriy mavsum Bundesligada 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker