"Bavariya" futbolchisi yuragidan operaciya qilindi

Mirjalol Normatov
17 sen 2021, 22:55
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann futbolchi Kingsli Koman jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazganini ma'lum qildi.

"Kingsli kecha operaciya qilindi. Uning yurak ritmida kichik o'zgarishlar bor edi.

Bazida uning nafas olishida ham muammolar bo'layotgandi. Shu sababli uni uzoq vaqtdan buyon EKG nazoratida ushlab turgandik.

Seshanbadan u kardiomashg'ulotlarga qaytadi va kamida 2-3 haftani o'tkazib yuboradi", - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild