"Bavariya" futbolchisi uchun 4 ta klub da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
8 iyun 2023, 12:38
Myunxenning "Bavariya" jamoasi yozgi transfer oynasida tarkibga jiddiy o'zgarishlar kiritishi mumkin.

"Real", "Barselona", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" "Bavariya" futbolchilaridan biri uchun kurashmoqda. Bundesliga klubi shartnomani yakunlashga tayyor.

Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoada bir emas, ikki yangi hujumchini ko'rishni istaydi.

Bundan tashqari, Benjamen Pavarning "Bavariya" bilan xayrlashayotgani haqida alomatlar bor. Fransiyalik futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti va uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi.

"Bavariya"da himoyachini sotish orqali yaxshi pul ishlash uchun oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkin. "Sky Sport Deutschland" muxbiri Florian Plettenbergning xabar berishicha, bu borada yakuniy qaror allaqachon qabul qilingan.

Agar klubga 30-40 million evrolik taklif kelib tushsa, himoyachi muhitni o'zgartirishga rozi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN