Bavariya futbolchilari Anchelotti ketgach kulib mashg'ulot o'tkazishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
30 sen 2017, 09:15
Bavariya bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Villi Sanol kecha Karlo Anchelotti ketgach birinchi mashg'ulotni o'tkazdi.

Dastlab murabbiy futbolchilarga 3 daqiqa o'z fikrlarini bildirdi. Mashg'ulot bir soatcha davom etdi.

Mashg'ulotda futbolchilar kulib harakat qilishdi, quvnoq harakatlar ham ko'p bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Bavariya prezidenti Uli Xenessning aytishicha oxirgi 5 kunda Anchelottidan 5 nafar futbolchi xafa bo'lgan ekan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de