

Gap Yozua Kimmix borasida ketmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, Al Ahli rahbariyati jamoa menejerlariga yarim himoyachini Saudiyaga olib kelish vazifasini yuklagan. Muzokaralar Evro-2024 musobaqasi yakunlanganidan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Yozua Kimmixning Bavariya bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan. Unga avvalroq Barselona qiziqish bildirgandi, biroq kataloniyaliklarning hozirgi moddiy ahvoli futbolchi bilan shartnoma tuzishga imkon bermaydi.



