"Bavariya" Chempionship yulduziga qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
2 mar 2022
Myunxenning "Bavariya" klubi "Nottingem Forest"ning o'ng qanot himoyachisi Jed Spensga qiziqish bildirmoqda.

"Nottingem"ga "Midlsbro"dan ijara asosida o'tgan 21 yoshli futbolchi o'z o'yini bilan ko'plab top-klublar e'tiborini tortdi. Angliyalik futbolchining o'yinlarini Germaniyaning "Borussiya Dortmund", "Bayer" va "RB Leyptsig", shuningdek, Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari kuzatib borishmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, Spens uchun yangi davogar "Bavariya" bo'lib, u yaqin haftalarda "Midlsbro"ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Jed Spens Chempionshipda 29 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sports