"Bavariya" "Chelsi" o'yinchisi uchun 35 million funt to'laydi
9 yanv 2019, 00:15
"Chelsi" yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi "Bavariya" a'zosiga aylanishga yaqin turibdi.
Myunxenliklar 18 yoshli angliyalik uchun so'ralgan 35 million funtni to'lashga kelishib olishdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar berdi. Xadson-Odoining "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yili yozda yakuniga etadi.