"Bavariya" braziliyalik futbolchi bo'yicha "Shaxtyor"ga taklif bilan chiqdi

Alisher
18 dek 2019, 11:30
Myunxenning "Bavariya" klubi Doneckning "Shaxtyor" jamoasi yarim himoyachisi Tetega qiziqish bildirmoqda.

Nemis klubi rahbariyati ukrainaliklarga aniq taklif bilan chiqishdi, ammo hozircha kelishuvga erishilmagan.

Qayd etish kerakki, Tetening agenti ham hali "Bavariya" vakillari bilan bog'lanmadi.

19 yoshli Tetening shartnomasida uning tovon puli 150 million evro sifatida ko'rsatilgan. Shunga qaramay, Doneck klubi Teteni shu qishda 50 million evroga sotishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport