"Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisi transferini amalga oshirishga umid qilmoqda

Sherzod Nurmatov
30 avg 2022, 19:34
"Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, gap niderlandiyalik futbolchini mavsum oxirida belgilangan miqdorda pul to'lab, sotib olish huquqi bilan ijaraga olish haqida ketmoqda.

Germaniya chempionidan tashqari "Manchester Yunayted" yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun kurashmoqda.

25 yoshli o'yinchi joriy mavsum Ispaniya chempionatining uchta o'yinida qatnashdi, ammo unumli harakatlari bilan ajralib turmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo