

Eslatib o'tamiz, nemis grandi "Al-Hilol" bilan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng kechki ovqatni birga qilishlari kerak edi, ammo saudiya jamoasini ziyofat zaliga kiritishmagan.
"Katta tushunmovchilik yuzaga keldi. Biz jamoani zalda kutgandik. Ammo mehmon bo'lganimiz sababli, ziyofatda kim qatnashishi kerakligini biz belgilamaymiz" - deydi "Bavariya" matbuot kotibi Markus Xyorvik.



