“Bavariya” 24-bor kubok finaliga yo'l oldi.

11 iyun 2020, 09:22
Germaniya kubogi yarim finalida “Bavariya” “Ayntraxt”ni (2:1) enggib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Myunxen klubi bu bilan o'z tarixida 24-marta mamlakat kubogi finaliga yo'l oldi.  Bu ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda borayotgan “Shalke”dan 12 marta ko'p deganidir. 

“Bavariiya” 19 bor final bellashuvida g'alaba qozonib, bosh sovringa ega chiqqan. 4 ta final bahsida esa imkoniyatni boy berdi.

Bu yilgi final bellashuvini Flik shogirdlari Berlinda “Bayer”ga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports