BATE futbolchi, murabbiy va boshqa hodimlarning maoshini 30%ga qisqartirdi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2016, 12:43
Belarusning BATE klubi murabbiy, futbolchi va boshqa hodimlarning maoshini 30%ga kamaytirdi.

Qaror bir necha hafta oldin e'lon qilingan edi. Bu jamoaning evrokuboklarni tark etgani bilan bog'liq.

Oldinroq BATEni ikki futbolchi tark etgan edi: Aleksandr Karnickiy "Xapoel"ga o'tdi, Mozolevskiy esa klub bilan shartnomani bekor qildi.

Borisovliklar Chempionlar ligasining saralash bosqichida "Dandolk"ka, Yevropa ligasi pley-offida esa "Astana"ga yutqazib qo'yishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com