

"Sizlarga bir gap aytaman. Mourinyo jamoani boshqarayogan payt ikkinchi jamoa tarkibida shug'ullanganda juda ko'p yaxshi futbolchilarni ko'rdim. Ulardan biri Skott Maktomini edi. O'shanda u asosiy jamoaga o'tishiga shubxam bo'lmagan. Uning salohiyati bunga etarli edi.
"Manchester Yunayted"ga kelganimda darxol klubning DNKsini sezganman: futbolga bo'lgan muhabbat oshgan, klub va uning logosi odamni mas'uliyatli qilgan. Klub muxlislari bilan gaplashganda esa buni yanada yaxshiroq tushuna boshlaganman.
"Manchester Yunayted"da yaxshi akademiya bor. Ularning rivojlanishi uchun ko'proq imkoniyat beraverish kerak. Lui van Gal davridagi Reshford hamda Lingardni yaxshi eslayman. Ularning o'yinlarida nimalarnidir ko'rishingiz mumkin edi. Qarang, hozir ular Angliya termasida o'ynashmoqda", - dedi Bastian.



