Bastian Shvaynshtayger: "O'ylaymanki, hammasini asosiy vaqtda hal qilamiz"

7 iyul 2014, 23:43
Germaniya terma jamoasi yetakchisi Batian Shvaynshtayger Braziliyaga qarshi yarim final oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bu yerda hammasi zo'r. Braziliyaga qarshi o'yinni intizorlik bilan kutmoqdamiz. Men bu mamlakatda futbol bahslaridan katta zavq olyapman. Ertangi o'yin esa albatta musobaqa bezagi bo'lishi aniq. Tajribang oshib boraverar ekan, bu darajadagi katta o'yinlardan orom olasan. Ayni paytda yoshim 29da va menga katta-katta bellashuvlar xursandchilik bag'ishlaydi.
Braziliyada futbol bu birinchi raqamli mavzu. Bu sport turiga katta hurmat va xursandchilik bilan munosabatda bo'lishadi. Umid qilamanki, ertangi o'yindan keyin ham kayfiyatimiz shunaqa chog' bo'ladi. Men bunga ishonaman. O'ylaymanki, hammasini asosiy vaqtda hal qilamiz. Umuman olganda, ushbu jahon chempionatidan katta zavq olyapman.


Manba: sports.ru