

Oldinroq matbuotda futbolchi "Seltik" ishtirokidagi o'yinga pul tikkani haqidagi mish-mishlar paydo bo'lgandi. Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi bu xabarga qiziqib qoldi va rasmiy tekshiruv ishlarini boshladi. Assotsiatsiyasi qonunlarida, futbolchi nafaqat o'z jamoasi, balki jahondagi har qanday futbol bahslariga pul tikishi taqiqlanishi aytilgan.
Oldinroq Barton jamoadoshi bilan janjallashgani uchun uch haftaga "Reynjers" asosiy jamoasining mashg'ulotlaridan chetlatilgan edi.



