

"Agar futbolchi ketishni istasa, "Barselona" hech qachon futbolchini ushlab turmaydi. Siyosatimiz boshqacha. Fikrimizcha, futbolchi maydonga tushib, o'ynashi kerak. Uning tovon puli 500, 600 mln. evro yoki mlrd. bo'lishi muhim emas. Biz kelishuvga xohlaganimizcha tovon puli yozishimiz mumkin, ammo agar futbolchi ketishni istasa, muzokaralar stoliga o'tirishimiz kerak. Bu Neymar bilan sodir bo'lmadi. Agar buni amalga oshirganimizda, hamma uchun yaxshi bo'lardi" - deydi Bartomeu.



