Bartomeu: "Kamp Nou" Gvardiolani qarsaklar bilan kutib olishiga ishonaman"
Aslanov Jasurbek
6 may 2015, 14:21
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuning takidlashicha, jamoa muxlislari "Bavariya"ga qarshi bahsda myunxenliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani juda yaxshi kutib oladi.
"Gvardiola hozirda "Bavariya"ni boshqaryapti, ammo u bizning murabbiy bo'lgan va jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan. "Kamp Nou" uni qarsaklar bilan kutib olishiga ishonaman" - deydi Bartomeu.