Bartomeu: "Ertami-kech Xavi "Barselona"ni boshqaradi"

Alisher
13 iyul 2020, 12:33
"Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu jamoa sobiq yarim himoyachisi Xavi "ko'k-anorranglilar"ga bosh murabbiy bo'lishini aytdi.

"Xavi ertami-kechmi "Barsa"ga murabbiy bo'ladi. Ammo hozir biz murabbiy qidirmayapmiz, Kike biz bilan. Seten jamoani Chempionlar Ligasida ham, La Liganing so'nggi o'yinlarida ham boshqaradi.

Bizda noodatiy mavsum bo'ldi, biz avgustda o'ynaymiz va o'sha paytda ham u murabbiy bo'ladi. Agar "Napoli"ni yutsak, biz Lissabondamiz.

Ehtimol Seten kelasi mavsum ham biz bilan qolar", - deydi Bartomeu.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: TV3