"Barselona"ning yana bir himoyachisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018
"Barselona" va Belgiya terma jamoasi himoyachisi Tomas Vermalen Shveytsariyaga qarshi Millatlar ligasi o'yinida (2:1) jarohat oldi.

Tibbiy ko'rikdan so'ng futbolchida son orqa qismi mushkalari jarohati aniqlandi.

Vermalenning safga qaytishi uchun 6 hafta kerak bo'ladi.

Tomas Vermalen bu vaqt ichida Belgiyaning Gollandiyaga qarshi, "Barselona"ning "Sevilya", "Inter", "Real" va "Atletiko" bilan bo'ladigan o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Oldinroq, "Barselona"ning boshqa himoyachisi Samuel Yumtiti joriy yil maydonga tusha olmasligi e'lon qilingan edi.

Jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde qo'l ostida ikki nafar markaziy himoyachi qoldi. Ular Xerard Pike va Kleman Lengle.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbarcelona.com