"Barselona"ning umidli himoyachisi Italiyaga yo'l olishi mumkin

10 dek 2019, 22:34
Bu haqida Ispaniyaning Sport.es sayti ma'lum qildi.

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Jan-Kler Todibo qishda A Seriya vakili "Milan" jamoasi tarkibiga borib qo'shilishi mumkin. Umidli futbolchiga jamoaning asosiy tarkibida o'rin yo'q, ammo "ko'k-anorranglilar" Todiboning kelajagi yorqin bo'lishiga ishonishmoqda. Todiboning o'yin amaliyoti kamayib ketmasligi uchun mavsum oxiriga qadar "Milan" klubiga ijaraga berib yuborilishi taxmin qilinmoqda. 

Shuningdek, 19 yoshli futbolchi uchun da'vogarlar qatorida Turinning "Yuventus" klubi nomi ham yangramoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, "keksa sinora" kelajakda himoya markazida Matteys De Ligt va Todibo tandemini sinab ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es