

Jamoa himoyachisi Ronald Arauxo esa mashg'ulotni to'laqonli o'tkazmadi va bir qancha qismini o'tkazib yubordi. Hozircha uning kelasi o'yinda ishtirok etish ehtimoli ma'lum qilinmagan.
Yamal "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Torres esa oktyabr oyi boshlarida "Alaves"ga qarshi o'yinda safdan chiqqandi.
Yamal ushbu mavsum La Liganing 12 o'yinida 5 ta gol va 7 ta assist qayd etdi. Torres esa 8 uchrashuvda 1 ta gol urib, 2 bora hammuallif bo'ldi.



