"Barselona"ning 6 futbolchisi bugun o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
2 dek 2018, 14:10
Oyoqlaridagi mushaklarida jarohati sababli Artur YCHLning 5-turi doirasida PSVga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.

Ushbu jarohat uning Primero 14-turida "Vilyareal"ga qarshi bahsda o'ynashiga halal bermoqda.

22 yoshli markaziy yarim himoyachi o'tgan yozda 31 million evro evaziga "Gremio"dan "Barselona"ga o'tgandi. U bu mavsumda "Barselona" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi.

Jarohati sababli bugungi bahsni Yasper Silessen, Rafinya Alkantara, Serxi Roberto, Luis Suares va Samyuel Umtiti kabi futbolchilar ham o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sportskeeda