"Barselona"ga Meksika termasi hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
23 iyun 2018
Meksikalik hujumchi Irving Losano Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

"sport.es" nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan ilk muzokaralarni ham o'tkazishga ulgurgan. Transfer JCH-2018 tugashidan keyin amalga oshishi mumkin.

O'tgan mavsumda Losano PSV tarkibida Gollandiya chempionatining 29 uchrashuvida qatnashdi va 17 gol urib, 12 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.es