"Barselona"ga mag'lub bo'lgan "Valensiya"da iste'fo

3 may 2021, 21:32
"Valensiya" Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida Kataloniyaning "Barselona" klubiga imkoniyatni boy berdi (2:3).

Mazkur bahsdan keyin "ko'rshapalaklar" matbuot xizmati jamoa ustozi Xavi Grasiya lavozimidan ozod qilinganini e'lon qildi.
Jamoani vaqtincha muddatga Salvador Gonsales boshqarib turadi. Eslatib o'tamiz, Grasiya "Valensiya"ni 2020 yilning iyul oyida qabul qilib olgan edi. "Ko'rshapalaklar" ayni paytda La Liga turnir jadvalining 14-pog'onasiga joylashgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: valenciacf.com/en