"Barselona"ga "Liverpul" hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
19 okt 2018, 19:42
"Barselona" "Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoni sotib olmoqchi.

27 yoshli braziliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" "qariya"si Luis Suaresning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Barselona" shuningdek, "Lill" forvardi Nikolya Pepe va "Jenoa" tarkibida A Seriyani titratayotgan Kshishtof Pentekning o'yinlarini ham kuzatib bormoqda.

Bu mavsumda Firmino "Liverpul" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo