"Barselona"ga Gollandiya terma jamoasi futbolchisi kerak

Alisher
11 okt 2019, 18:16
PSV hujumchisi Doniell Malen faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Barselona" klubi qiziqmoqda. Malen joriy mavsum barcha turnirlarda 14ta gol urishga erishgan.

Xabarlarga ko'ra, futbolchining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Futbolchi shu yildan e'tiboran Gollandiya terma jamoasida o'ynamoqda.

Ta'kidlab o'tish kerakki, Malen "Arsenal" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS