Barselona yozda Levandovski yoki Agueroni sotib olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 noya 2013, 15:20
Barselona keyingi yozda hujumchi sotib olmoqchi.
Klub bosh murabbiyi Xerardo Martino yozda yangi markaziy hujumchi olib kelinishiga rozi bo'ldi.

Hozircha variantlar orasida Robert Levandovski (Borussiya D) va Serxio Aguero (Manchester Siti) nomlari bor, deb xabar bermoqda Sport.es.

Polshalik futbolchi bu mavsumda Bundesligada 12ta gol urdi.

Argentinalik hujumchi esa APLda 10ta o'yinda 8ta to'p kiritdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru