"Barselona" yozda bomba transferni amalga oshirmoqchi

Khoja
15 okt 2024, 10:37
"Barselona" kelasi yozda navbatdagi yirik transferni amalga oshirmoqchi.

Kataloniyaliklar 2025 yilning yozida "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. 

Xoland 2022 yildan beri "Man Siti" safida harakat qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchining transfer narxi 200 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsum norvegiyalik hujumchi 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com