Barselona yoki Manchester Siti yanvarda Vilyani ijaraga olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
15 okt 2015, 07:30
Nyu-York Siti hujumchisi David Vilya Yevropaga qaytishi mumkin.

Barselona 33 yoshli futbolchini yanvar oyida ijaraga olishi mumkin. Vilya uchun yana bir variant bu Manchester Siti klubi hisoblanadi.

Menga qo'ng'iroq qilib turishibdi. Biz pley-offga chiqa olmayapmiz, shu bois ijara asosida boshqa klubga o'tishim mumkin, – deydi Vilya Levante TV ga.

MLS ligasining 28ta o'yinida Vilya 17ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: eleconomista.es