"Barselona" yarim himoyachisi "Yuventus"ga o'tishga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 apr 2019, 23:45
Xorvatiyalik yarimhimoyachi Ivan Rakitich faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi, deya xabar bergan La Gazzetta dello Sport.

Manbaning ma'lum qilishicha, "Barselona" futbolchisi turinliklar bilan boglanib, ularga ijobiy javob bergan. Avvalroq, 31 yoshli futbolchiga "Inter" klubi qiziqayotgani haqida aytilgandi.

Ivan Rakitich joriy mavsum LaLiganing 30ta uchrashuvida qatnashib, 3ta gol va 4ta asistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport