"Barselona" yangi murabbiyi katta ehtimol bilan nemis bo'ladi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2024, 11:53
Kataloniyaning "Barselona" klubi mavsum yakunlanganidan keyin jamoa rulini qabul qilib olishi mumkin bo'lgan 4 nafar mutaxassis nomini belgilab oldi.

Bu haqda "Sport.es" nashri xabar berdi.

"Ko'k-anorranglilar" Roberto De Zerdi ("Brayton"), Xans-Diter Flik, Yulian Nagelsmann (Germaniya terma jamoasi) va Tomas Tuxel ("Bavariya") bilan muzokaralar olib borishmoqda. "Barsa" rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasini mavsum oxirigacha aniqlab olmoqchi. Yuqorida nomi keltirilgan murabbiylarning 3 nafari germaniyalik hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es