"Barselona" yangi mavsumga tayyorgarlikni 14 iyul kuni boshlaydi

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 10:17
"Barselona"ning keyingi mavsumga tayyorgarlik jarayoni 14 iyul kuni boshlanadi.
Aynan shu kuni Braziliyadagi mundialda ishtirok etmagan futbolchilar klub bazasida to'planishadi. Qolgan futbolchilar JCHdagi ishtirokdan keyin bo'ladigan tatildan so'ng jamoaga qo'shilishadi.

Yozda "Barselona" bir qator o'yinlar o'tkazadi. Ular orasida hozircha faqat 9 avgust kuni Xelsinkada XIK klubi bilan o'ynashlari ma'lum.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru