"Barselona" yangi darvozabon topdi

Alisher
3 noya 2024
"Lill" darvozaboni Lyuka Shevale faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" Shevaleni kelasi yilning yozida o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Transfermarkt futbolchini 25 million evroga baholagan. Uning "Lill" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

22 yoshli posbon joriy mavsum Fransiya chempionatida 10ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 9ta to'p o'tkazib yubordi. Lyuka beshta o'yin "quruq" o'ynadi.



AlisherMuallif
Manba: Diario Sport