"Barselona" Xavini iste'foga chiqarsa qancha tovon puli to'laydi?

Aslanov Jasurbek
18 may 2024, 12:20
"Barselona" Xavini ishdan haydasa bosh murabbiy va uning yordamchilariga qancha pul to'lab berishi ma'lum bo'ldi.
Oldinroq Kataloniya klubi ustozi mavsum oxirida klubdan ketishi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar "Barselona" bosh murabbiy va uning shtabini ishsiz qoldirsa 20 mln. evro miqdorida tovon puli to'laydi. Kataloniyaliklarning hozirgi moliyaviy holatidan kelib chiqsak, bu ular uchun sezilarli mablag' hisoblanadi.

Agar mutaxassis o'zi ketishni istasa tovon puli olmaydi yoki 20 mln. evrodan ancha kamroq bo'ladi.

Xavi va Joan Laporta o'rtasidagi uchrashuv kelasi haftada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo