"Barselona" Xaver Maskeranoni "Yuventus"ga bermoqchi emas
Narzulla Saydullayev
4 avg 2015, 21:30
Barselona yarim himoyachi Xaver Maskeranoni Yuventusga sotmoqchi emas, deb xabar bermoqda Tuttosport nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi o'z safida universal futbolchini saqlab qolishni istamoqda. Maskerano bugun "Barselona"ning vice-sardorlaridan biri etib tayinlandi.