Barselona Xalilovichni qishda ijaraga bermoqchi emas

Narzulla Saydullayev
17 okt 2014, 08:07
Barselona B yarim himoyachisi Alen Xalilovich Sanderlend qiziqishiga sabab bo'ldi.
Angliya klubi 18 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a'zosini yanvar oyida ijaraga olmoqchi.

Qora mushuklardan tashqari Xalilovichga Selta ham qiziqmoqda. Ikkala klub Barselonaga taklif yuborishgan.

Biroq Kataloniya klubi futbolchini qo'yib yubormoqchi emas, deb xabar bermoqda El Mundo Deportivo nashri.

Xalilovichga Fiorentina va Sampdoriya kabi Italiya klublari ham qiziqayotgani haqida xabarlar bor.
Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru