Barselona Xalilovich uchun 5 million evro taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
9 fev 2014, 13:12
Zagrebning Dinamo klubi yarim himoyachisi Alen Xalilovich Barselona qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Kataloniya klubi Xorvatiya terma jamoasi a'zosiga 5 million evro va har bir o'tkazilgan o'yin uchun bonus taklif qildi, deb xabar bermoqda Sportske Novosti nashri.

Dinamo Xalilovichni sotib jami 15 million evro ishlab olishi mumkin.

Yaqin orada Barselona vakillari Zagrebga muzokara o'tkazish uchun borishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru