"Barselona" "Vilyarreal" xavbekini sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
14 iyun 2023, 00:10
"Vilyarreal" futbolchisi Aleks Baena "Barselona"ga o'tishi mumkin.

"ESPN" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi skautlari 21 yoshli futbolchini bir mavsum davomida kuzatib borgan va uning o'yini klubdagilarga maqul kelgan. Yanvar oyida Baena "Vilyarreal" bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirgandi va shu orqali uning tovon puli ham oshgan.

Shuningdek, "Barselona" ayni damda Ilkay Gyundoganni tarkibga olib kelish ishlarini davom ettirmoqda. Agarda klubning moliyaviy holati talabga javob bersa, "Barselona" yozda ikkala yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga tayyor turibdi.

Baena yakunlangan mavsumda LaLiganing 35 o'yinida ishtirok etib, 6ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN