Barselona Vilyaning Atletikoga o'tganini rasman tasdiqladi

9 iyul 2013, 09:46
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi David Vilya keyingi mavsumni Madridning "Atletiko"sida boshlaydi.
Kataloniya klubi hujumchining "Atletiko"ga o'tganini rasman tasdiqladi.

Avvalroq ushbu futbolchiga "Arsenal", "Fiorentina", va "Tottenxem" klublaridan qiziqish bo'layotgani ma'lum qilingan edi.

Ushbu transfer 5,1 million evroga baholandi. Ushbu pul miqdori uchga bo'lib to'lanadi. 2,1 millioni shu yili, keyingi mavsumda, 2million va unidan keyingisida 1 million.

Undan tashqari, agar "Atletiko" keyinchalik futbolchini sotadigan bo'lsa, undan tushgan pulning 50 foizini "Barselona" oladigan bo'ldi.

Avvalgi mavsumdp Vilya 28 o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishgan.

Manba: sports.ru