"Barselona" vice-prezidenti: "Messi nimani lozim deb topsa, shuni qilishi mumkin"

11 sen 2019, 21:50
"Barselona" vice-prezidenti Jordi Kardoner Lionel Messining shartnomasi va shuningdek Neymarning transferi haqida gapirib o'tdi.

Messi shartnomasi haqida

"Biz xotirjam va pozitiv ruhdagi insonlarmiz. Lionel nimani lozim deb topsa, shuni qilishi mumkin. Uni alohida shartnomasi bor (Messi shartnomasida u har mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin nomli punkti mavjud). Messini qolishi va klub uchun o'ynash istagida bo'lishini xohlagan bo'lardim. 


Neymar haqida

"U bu yerda baxtli edi. Agar hammasi bo'lmasa, aksariyat o'yinchilarimiz bu yerda o'zlarini baxtiyor his etishgan. Bu mavzu o'tib ketdi, kelajakda nima sodir bo'lishini kuzatamiz. LaLiga boshlanib ketgan va Neymar mavzusi hozir bizni band qilayotgani yo'q", – deydi Kardoner.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com