"Barselona" vice-prezidenti: "Chempionlar Ligasi qatnashchilari ko'paytirilishini istaymiz"

Tolibjon Qosimov
5 fev 2014, 17:43
"Barselona" vice-prezidenti Xaver Faus Chempionlar Ligasi hamda mamlakatlar milliy chempionatlari rivoji borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Chempionlar Ligasi ishtirokchilari soni oshishini istaymiz.

Biroq ayni paytda mamlakat chempionati ishtirokchilari soni 18 yoki 16tagacha kamayishi tarafdorimiz.

Barcha top-klublar uchun bitta alohida liga tashkil etish? Biz jamoani chempionatdan olib chiqib kyetib ketishni xohlamaymiz. Chempionat muxlislar diqqat markazida turadi. Boshqacha ssenariyni tasavvur qilolmayman", dedi Faus.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru