"Barselona" vice-prezidenti ayollar futbolida El Klasikoni ko'ra olmayotganidan afsusda

Eldor Akmurzayev
18 may 2019, 01:40
Barselona vice-prezidenti Jordi Mestre Realning ayollar jamoasi yo'qligiga munosabat bildirdi.

“Ispaniya chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarni yanada kuchaytirish mumkinligi ko'rinib turibdi. Mamlakat federatsiyasi bu ishni amalga oshirish maqsadida bosh qotirayotganidan xabarimiz bor. Hozirda televideniya orqali ko'plab uchrashuvlar namoyish etilmoqda. Avvallari bunday emasdi. Bu esa omma hamda xomiy tashkilotlarning e'tiborini qozonishga sababchi bo'ladi. Ispaniyada ayollar jamoasi bilan yaxshi ishlaydigan klublar etarli. Misol uchun Atletik, Real Sosedad va Atletiko. Biroq, afsuski, Realda bunday jamoa yo'q. Agar bo'lganida edi, bu ayollar futboli uchun juda yaxshi bo'lardi. El-klasikoga o'xshash to'qnashuvlar raqobatni kuchaytirdi. Bu esa ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lishi aniq. Ammo shuni ham aytish joizki, barchaning o'zi o'ylab qo'ygan g'oyasi va strategiyasi mavjud. O'ylashimcha, Real ayollar jamoasini qiziqarli loyiha deb hisoblamagani uchun tashkil qilmagan”, – deya qayd etgan Jordi Mestre.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN