

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala "Barsa"ga, teskari yo'nalishda esa Antuan Grizmann Turinga kelishi mumkin.
Kataloniyaliklar rahbariyati 29 yoshli fransiyalik futbolchining ishtirokidan u qadar mamnun emaslar, shu sabab almashinuv amalga oshishi mumkin. 27 yoshli Dibala ham o'z navbatida "Yuventus"ning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgan va klub ham muzokaralarga qarshi emas. Bitim yozda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning yozida "Barselona" va "Yuventus" Artur va Miralem Pyanichni almashishgan edi.



